25 Sentyabr 2025 yil
                            
                                70                            
                    Tabiiy gazni talon-taroj qilgan shaxs aniqlandi
"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 19-sentyabr kuni Yangi Namangan tumani "Ishonch" mahallasida yashovchi fuqaro, tabiiy gaz tarmog'iga o'zboshimchalik bilan ulanib olib, 299.6 million so'mlik tabiiy gazni o'g'irlik yo'li bilan talon taroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
 
                     
                                    