Suv talashish ortidan bo'lgan nizo o‘lim bilan yakun topdi
2021 yil 6 iyul' kuni soat 21:00 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan N.O. MChJga qarashli mevali bog‘da shu yerda dehqonchilik bilan shug‘ullangan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1958 yilda tug‘ilgan M.N. bilan suv talashib o‘zaro janjallashib, qo‘li bilan bosh qismiga urganligi oqibatida, M.N. yerga boshi bilan yiqilib, tan jarohati olgan. So‘ngra N.O. M.N.ni To‘raqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan.
M.N. olgan tan jarohati bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 10 iyul' kuni vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma'lumotnomasiga ko‘ra, marhumning badanida tashqi tan jarohatlari mavjud emasligi, uning o‘limi bosh miya yopiq shikasti, bosh miya to‘qima ostiga qon quyilishidan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobd tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 iyul' kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati