7 Avgust 2021 yil 355

Suv nasosini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2021 yil 5 avgust kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash hovlisida bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik suv nasosini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Chortoq tumani IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech