30 Iyun 2021 yil 396

Suv nasosini o‘g‘irlagan o‘g‘ri ushlandi.

2021 yil 28 iyun' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 14:00 dan soat 17:00 gacha  bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, oshxonasidan narxi 550.000 so‘mlik suv nasosini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakillari, HPB profilaktika inspektori va kinologlar tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 iyun' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech