1 Avgust 2023 yil 212

Sumkadan telefon va pullarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

2023-yil 27-iyul kuni Namangan tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 10:00 larda Namangan tumani “Katta Toshbuloq” mahallasi hududida joylashgan “Toshbuloq” dehqon bozorida savdo qilayotgan vaqtida nomaʼlum shaxs, sumkasida bo‘lgan narxi 1.800.000 so‘mlik uyali aloqa vositasi va 2.700.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan tumanida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalil olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech