12 Avgust 2023 yil 352

Sumkadan pullarni o‘margan shaxs ushlandi

2023-yil 29-iyul kuni Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 14:30 larda nomaʼlum shaxs Namangan shahar Maʼrifat MFY Qo‘qon ko‘chasida joylashgan “Lazzat” oshxonasida o‘ziga tegishli bo‘lgan ayollar sumkasidan 670.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Namangan shahar IIO FMB EKB katta eksperti tomonidan voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida kuzatuv kamerasiga qayd etilgan gumon qilinuvchining fotosurati olinib, viloyat IIB EKMda mavjud bo‘lgan “Shaxsni indentifikatsiya qilish tizimi”da tekshirilganda, ushbu shaxs Namangan tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro ekanligi aniqlanib, undan ashyoviy dalil olingan. Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech