3 Yanvar 2022 yil 430

Sumkadagi tilla taqinchoq o‘g‘irlandi

2021 yil 28 dekabr' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 27 dekabr' kuni soat 12:30larda, Kosonsoy tumanida joylashgan “Kiyim bozori” hududida yurgan vaqtida, noma'lum shaxs qo‘lida bo‘lgan sumkasini ichidan 13.000.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Kosonsoy tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uychi tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 28 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech