Spirtli ichimlik jinoyatga yetakladi.
2021 yil 2 yanvar' kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan S.R. ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 14:30 larda, Namangan tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan O.M. va 1980 yilda tug‘ilgan N.R. jiyanlari bilan birga O.M.ni yashash uyida spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holda O.M., N.R.lar o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, S.R.ni tashqariga chiqib ketganligidan foydalanib, darvozaxonasida turgan unga tegishli narxi 400.000 so‘mlik “Ural-2018” rusumli velosipedini o‘g‘irlab ketganliklarini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, O.M., N.R. bilan birga shu kuni tanishi, Namangan tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan D.A.ga
150.000 so‘mga sotib yuborib, pullarni o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 yanvar' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati