8 May 2021 yil
378
Spirtli ichimlik ta'siridagi fuqaro beton to‘siqqa yiqildi.
Joriy yil 5 may kuni soat 14:00 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan N.O. Namangan shahrida oqib o‘tgan kanal bo‘yida qarindoshi, Namangan shahrida yashovchi, 1954 yilda tug‘ilgan D.A. bilan spirtli ichimlik iste'mol qilib, N.O. D.A.ni yelkasidan itarib yuborganida D.A. boshi bilan kanal chetidagi beton to‘siqqa yiqilib tushib, tan jarohati olgan.
Natijada, D.A. bosh miya yopiq shikasti, bosh lat yeyishi, o‘ng chakka suyagini sinishi tashhisi bilan RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati