25 Sentyabr 2020 yil 616

Spirtli ichimlik oqibatida janjal kelib chiqdi.

Joriy yil 9 sentyabr' kuni soat 19:30larda Namangan tumanida yashovchi ikki qo‘shni birgalikda spirtli ichimlik iste'mol qilishadi. Alkogoldan mast bo‘lgandan so‘ng ular o‘rtasidagi suhbat tortishuvga, undan so‘ng katta janjalga aylanib ketadi. Bir-birining haqoratiga chidolmagan qo‘shnilar endi bir-birlarini do‘pposlashadi va ikkovi ham tan jarohati oladi.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech