Spirtli ichimlik jinoyatga yetakladi.
Joriy yil 7 sentyabr' kuni soat 23:30 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2014 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 4-qismi bilan sudlangan, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro A.R. Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan tanishi B.N. bilan birga qo‘shnisi, 1968 yilda tug‘ilgan ayolni yashash xonadonida spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holda o‘zaro janjallashib qolib, fuqaro A.R. qo‘lida bo‘lgan osh pichoq bilan B.N.ni bo‘yin soxasiga bir marotaba urgan.
Natijada, B.N. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 7 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati