14 May 2021 yil 292

“Spark” avtomashinasidan “Gashish” topildi.

2021 yil 8 may kuni Mingbuloq tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, Mingbuloq tumani hududida harakatlanib ketayotgan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganida, avtomashinaning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan shimining chap cho‘ntagidan oq rangli sellofan paketga o‘ralgan, o‘tkir xidli, to‘q jigarrang rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 2,47 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 may kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech