Soy bo‘yidagi so‘ridan telefon o‘g‘irlandi.
2021 yil 21 avgust kuni, Andijon viloyati Bo‘ston tumanida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil iyul' oyining oxirlarida, Pop tumanida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyiga dam olish uchun borgan vaqtida noma'lum shaxs, soy bo‘yidagi so‘ridan narxi 2.000.000 so‘mlik “Samsung A-30” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Pop tuman IIB JQB tezkor vakillari va kinolog tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 22 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati