5 Avgust 2023 yil 398

Sotuvdagi velosipedlarni o‘g‘irlagan fuqaroga qonuniy chora ko‘rildi

2023-yil 26-iyul kuni soat 16:00 larda Chust tumanida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 25-iyul kuni nomaʼlum shaxs Chust tumani Bibiona MFYda joylashgan savdo do‘koni oldiga sotuvga qo‘yilgan narxi 1.500.000 so‘mlik Germaniya davlatida ishlab chiqarilgan velosipedini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Chust tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Bundan tashqari, ushbu fuqaro 28-iyul kuni Chust tumanida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan fuqaroning do‘kon oldiga sotuvga qo‘yilgan 1.500.000 so‘mlik velosipedni o‘g‘irlab ketayotganida ushlab olganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2023-yil 30-iyul kuni JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech