6 Avgust 2021 yil
363
Sotilgan xonadon kimga tegishli?
2021 yil 26 iyul' kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil mart oyida, Uychi tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan uyni o‘ziga tegishli ekanligini aytib, 29.600 AQSh dollarga sotib, 4.200 AQSh dollarini olib, pullarni o‘zining ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 5 avgust kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati