14 Iyul 2021 yil
365
Sotilgan taqinchoqlarning puli qayerga ketdi?
Joriy yil 3 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 25 fevral' kuni, Namagan shahar Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” hududida joylashgan tilla buyum bozorida, Namangan shahrida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan G.N. uning ishonchiga kirib, narxi 13.000.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini tilxat asosida olib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati