15 Yanvar 2022 yil 598

Somsaxonaga o‘g‘ri tushdi

2022 yil 11 yanvar kuni, Norin tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Norin tumani hududida joylashgan somsaxonasining eshigini buzib kirib, xona ichida bo‘lgan, 5.000.000 so‘m pul, narxi 250.000 so‘mlik ovoz kuchaytirgich va  narxi 20.000 so‘mlik pichog‘ini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Norin tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 12 yanvar kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech