Sog‘lom xodim hamisha himoyaga shay bo‘ladi.
Sport – salomatlik garovi! Chindan ham, muntazam tarzda sport bilan shug‘ullangan kishi kun davomida tetik holda va yuqori kayfiyatda yuradi. Shu boisdan Namangan viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi tomonidan ichki ishlar organlarida xizmat qiluvchi barcha xodimlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2018 yil 17 yanvar' kunidagi “ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida sport mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
Haftaning chorshanba va juma kunlari “Dinamo” o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan sport soatiga boshqarmaning barcha bo‘limlari va sohaviy xizmatlarida faoliyat yurituvchi xodimlar jalb etilgan bo‘lib, ishtirokchilarga tajribali mutaxassislar tomonidan sportning qo‘l jangi, yengil atletika va boshqa turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Bu galgi o‘tkazilgan mashg‘ulotda ham barcha shaxsiy tarkibning ishtiroki to‘la ta'minlanib, yuqori kayfiyatda ish boshlashlari hamda ishchanlik ruhini oshirish maqsadida arqon tortish musobaqasi ham o‘tkazildi.
Bu kabi mashg‘ulotlarning muntazam o‘tkazib borilishi xodimlar orasida sog‘lom muhitni ta'minlash bilan bir qatorda, ular orasida ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligiga ham xizmat qiladi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati