26 Aprel 2023 yil 484

Sodir etilgan avtohalokat keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.

2023 yil 20 aprel kuni soat 14:00 larda Kosonsoy tumani “Rovot” MFY Rovot ko‘chasi ichki yo‘lida 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro «Damas» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 2021 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.Hodisa oqibatida jabrlanuvchi “bosh miya yopiq shikasti, peshona yuz sohasi shilingan jarohati” bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay bola shifoxonada vafot etgan.Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Hodisa sodir bo‘lgan hududda Namangan viloyati IIB JXX YHXB boshlig‘i tomonidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tumandagi maktab va maktabgacha taʼlim tashkiloti vakillari, jamoatchilik vakillari, mahalla raislari va faollari hamda masʼul xodimlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda dastlab hodisa tafsilotlari yig‘ilganlarga yetkazildi. Bu kabi salbiy holatlarni oldini olishda targ‘ibotlarni yana-da kuchaytirish, haydovchilarni hushyorlikka chaqirish, yosh bolalarni ko‘chalarda nazoratsiz qoldirmaslik, bog‘cha va maktabga qatnaydigan bolajonlarni yo‘llarda yolg‘iz harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi taʼkidlandi. Shundan so‘ng bolalar ishtirokida sodir bo‘lgan YTHlar va ularning ayanchli oqibati haqida hikoya qiluvchi maxsus film namoyish etildi.

Namangan viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

 

Text to speech