28 Noyabr 2020 yil 498

Sodir bo‘lgan 4 ta YTHning bittasi o‘lim bilan yakun topdi.

Shu yil 17 noyabr' kuni soat 12:50 larda Norin tumani Izboskan-Xaqqulobod yo‘lining 12 km.da Neksiya rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 8 yoshli qizni urib  yuborgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 24 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

18 noyabr' kuni soat 15:30 larda, Norin tumani Cho‘ja-Xaqqulobod yo‘lining 20 km.da Kobalt rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan Damas rusumli avtomashina  bilan to‘qnashib ketgan.

Natijada Damas rusumli avtomashina haydovchisi peshona sohasining yirtilishi, 4-5-6-qovurg‘alarini sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 24 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

11 noyabr' kuni soat 21:30 larda uchqo‘rg‘on tumani Uchqo‘rg‘on-Burilma yo‘lining 8 km.da Kobalt rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat havfsizligini ta'minlay olmay, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan.

Natijada avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi bosh miya yopiq shikasti, 5-6 umurtqasini sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 24 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

20 noyabr' kuni soat 18:30 larda Namangan tumani Xonobod-Qiyot yo‘lining                       8-km.da VAZ-2101 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli  piyodani urib yuborgan.

Natijada jabrlanuvchi tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil
24 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech