Sirg‘a egasiga qaytarildi
2021 yil 18 noyabr kuni, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 10:00 larda Mingbuloq tumanida joylashgan dehqon bozoriga birga yashovchi 2020 yilda tug‘ilgan qizi bilan birgalikda kelgan vaqtida qizining qulog‘ida bo‘lgan narxi 500.000 so‘mlik sirg‘asini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 20 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati