29 Oktyabr 2021 yil 342

Sinfdoshining pullarini talon taroj qilgan yigit qo‘lga olindi

2021 yil 22 oktyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 16:40 larda, Damas rusumli avtomashinasida Davlatobod tumani mahallasidan Namangan shahar yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan vaqtida, Davlatobod tumani mahallasida joylashgan oshxona oldida sinfdoshi, Namangan shahrida yashovchi, 2017 yilda O‘z.R JKning 277-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro uni to‘xtatib, yo‘lovchi sifatida chiqib, 130.000 so‘m pullarni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, avtomashinadan tushib qochib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQG tezkor vakillari tomonidan fuqaro Namangan shahrida joylashgan komp'yuter o‘yinxonasida yurgan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 22 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech