2 Yanvar 2021 yil
442
Shubxali shaxsning yonidan “Marixuana” chiqdi.
2020 yil 29 dekabr' kuni Chust tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Chust shahar Guliston MFY hududida shubxali hatti-harakatlar sodir etgan fuqaroning yoni xolislar ishtirokida tekshirilganda, shimining chap cho‘ntagidan qog‘oz parchasiga o‘ralgan, o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun Chust tumani IIBga olingan.
Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 2,24 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati