Shubxali shaxsning yonidan “Gashish” topildi
Joriy yil 18 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi”, “Antiterror-Tozalash” va “Chegara-Tozalash” tadbirlari davomida, Mingbuloq tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan Namangan shahrida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro Mingbuloq tuman ko‘chasi hududida ketayotgan vaqtida, yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, egnida bo‘lgan shimining o‘ng cho‘ntagida gugurt qutisiga solingan, to‘rt bo‘lakdan iborat o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 1,37 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati