5 Aprel 2022 yil 446

Shubxali shaxsning yonidan “Gashish” giyohvandlik moddasi topildi.

2022 yil 4 aprel' kuni soat 12:30 larda, DXX Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari va viloyat IIB JQB tezkor vakillari hamda shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan shahar Marg‘ilon mahallasi hududida Farg‘ona viloyatida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasida bo‘lgan, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro shubxali xatti-harakatlar sodir etganligi uchun xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida qo‘lida qora yelim paketga o‘ralgan to‘q jigarrang rangli, o‘tkir xidli giyohvand moddaga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning hulosasida, ushbu moddaning sof og‘irligi 194,41 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 5-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech