21 Sentyabr 2020 yil 635

Shubxali shaxsning cho‘ntagidan “Marixuanna” topildi.

Joriy yil 10 sentyabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida, viloyat IIB Tezkor xizmat xodimlari va tuman IIB TEQKB tezkor vakili hamda O‘z.R. Milliy Gvardiya Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi 5-otryad xodimlar tomonidan Pop tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroni to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi shimining yon cho‘ntagidan o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 2,41 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 18 sentyabr' kuni O‘z.R. JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech