7 Oktyabr 2021 yil 368

Shubxali haydovchining yonidan “Marixuana” topildi.

Shu yil 4 oktyabr kuni soat 04:50 larda, viloyat IIB YHXB 1-tumanlararo YPX inspektorlari tomonidan Namangan shahar Yangi Namangan tumani Oromgoh aylanma harakatlanish yo‘lida sodir etilgan yo‘l transport hodisasi bo‘yicha, Spark rusumli avtomashina haydovchisi, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan suxbatlashilayotgan vaqtida, u shubxali harakatlar sodir etganligi sababli yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnida bo‘lgan shimining orqa cho‘ntagidan sellofan paketga o‘ralgan, och yashil rangli, o‘tkir xidli, quruq xolatdagi giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 2,81 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech