1 Avgust 2023 yil 214

Shubhali shaxsning yonidan “Gashish” topildi  

2023-yil 15-iyul kuni soat 19:00 larda viloyat IIB TQX JQB tezkor vakilari tomonidan Davlatobod tumani “Davlatobod” mahallasi hududidagi shubhali xatti-harakatlar sodir etgan Kosonsoy tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi shimining chap cho‘ntagidan oq sellofan paketga o‘ralgan 2 dona bo‘laklarga bo‘lingan qoramtir rangli, o‘tkir hidli giyohvand moddaga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Viloyat IIB EKMning xulosasida, ushbu moddaning sof og‘irligi 1,88 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech