4 Aprel 2022 yil
445
Shovqin sabab ko‘tarilgan janjal
2022 yil 16 mart kuni soat 21:00 larda, Namangan shahar Davlatobod tumani “Yangi tong” MFYda yashovchi, 1955 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadonida qo‘shnisi bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Janjalga qo‘shni ayolning o‘z uyida musiqani baland ovozda eshitgani sabab bo‘lgan. Oqibatda 1972 yilda tug‘ilgan ayolga tan jarohati yetkazilgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB Davlatobod TIIB TB tomonidan O‘z.R JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish O‘z.Res.MJtKning 192-moddasi tartibida javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati