Sholi o‘g‘risi qo‘lga olindi.
2023 yil 6 may kuni Pop tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 26 fevral kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs, mahallasida joylashgan objuvozxonasi eshiklarini buzib kirib, u yerda bo‘lgan 4 tonna narxi 36.000.000 so‘mlik sholi mahsuloti va 1 dona narxi 1.500.000 so‘mlik televizorini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati