Shkafdagi pullar o‘g‘irlab ketildi
2021 yil 14 noyabr kuni, Norin tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 13 noyabr' kuni soat 10:00 dan soat 16:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, ochiq qolgan darvoza eshigi orqali kirib, xonadon yotoqxonasida bo‘lgan shkaf ichidagi 1.800.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Norin tumani IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati