30 Iyun 2021 yil 391

Shkaf ichidagi zaxri qotil.

2021 yil 19 iyun' kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, Norin tuman IIB JQB tezkor vakili, HPMB inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Norin tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan, fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, mexmonxonasidagi shkaf ichida qog‘oz parchasiga o‘ralgan, o‘tkir hidli, jigarrang rangli modda borligi va xojatxonasi devori orasida qog‘oz parchasiga o‘ralgan, o‘tkir hidli, jigarrang rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning umumiy sof og‘irligi 2,93 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 28 iyun' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech