Shisha idish ichida saqlab kelinayotgan “Marixuana”
2022 yil 14 fevral kuni Pop tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika katta inspektorlari tomonidan, Pop tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlisidagi tovuqxonasi orqa tomonida bir dona 0,5 hajmli shisha idish ichida yashil rangli, o‘tkir hidli, giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasida, ushbu moddaning sof og‘irligi 100,58 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 16 fevral kuni O‘z.R JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati