17 Fevral 2022 yil 484

Shisha ichiga yashirilgan “Marixuana”

2022 yil 14 fevral kuni Pop tumani IIB JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika katta inspektori tomonidan tumanda yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlisidagi tovuqxonasi orqa tomonida bir dona 0,5 hajmli shisha idish ichida yashil rangli, o‘tkir hidli, giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 100,58 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech