12 Aprel 2021 yil 467

Shifoxonada davolanayotgan ayol sherigining pullarini o‘g‘irlagani fosh bo‘ldi.

Joriy yil 11 aprel' kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 9 aprel' kuni soat 14:00 larda noma'lum shaxs, tuman hududida joylashgan shifoxonada davolanib yotgan xonasidagi deraza tokchasiga quyilgan ayollar sumkasining ichida bo‘lgan 1.300.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu xonada birga davolanayotgan sherigi, Chust tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech