Shifoxona uchun sarflangan avtomashinalar puli qaerga ketdi.
Shu yil 29 noyabr' kuni Chortoq tumanida yashovchi fuqaro tuman IIbga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil aprel' oyida tanishi uning ishonchiga kirib Namangan shahrida joylashgan yangi qurilgan shifoxonasini jixozlash uchun pul kerakligini aytib, Kobal't rusumli avtomashinasini 10.500 AQSh dollariga, Neksiya rusumli avtomashinasini 9.200 AQSh dollariga hamda 2 dona Malibu rusumli avtomashinalarini 30.000 AQSh dollariga sottirib, pullarni 2020 yil iyul' oyiga qadar qaytarishini aytib, olgan pullarni o‘zining shaxsiy extiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 8 dekabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati