5 Dekabr 2020 yil 431

Sherigini chuv tushirgan ayolga qonuniy chora ko‘rildi.

Shu yil 2 dekabr' kuni, Norin tumanida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan ayol Namangan shahrida joylashgan 1-sonli peronotal markaziga shu tumanda yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan ayol bilan birga kelib, UZI apparatidan o‘tish uchun ichkariga kirib ketishdan avval 1986 yilda tug‘ilgan ayolga o‘ziga tegishli bo‘lgan sumkasini ishonib topshirib ketgan vaqtida ayol sumkada bo‘lgan uyali telefon apparatini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 3 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech