13 Aprel 2022 yil 1022

Shaxmat-shashka musobaqasi g'oliblari taqdirlanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, Namangan viloyati IIB boshlig‘ining buyrug‘i hamda “Maʼnaviyat va maʼrifat” oyligi doirasida Kasbiy tayyorgarlik bo‘limi tomonidan viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni jismonan sog‘lom va ruhan tetik etib tarbiyalash, sport mashg‘ulotlariga keng jalb qilish va intellektual bilimlarini oshirish maqsadida sportning “Shaxmat-shashka” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning 1-hududiy bosqichi joriy yilning 5 aprel kuni mustaqil boshqarmalar, tuman (shahar) IIBlarida o‘tkazilib, faxrli o‘rinni egallagan xodimlar bilan, joriy yiling 13 aprel kuni musobaqaning

2-viloyat bosqichi Namangan viloyati Shaxmat federatsiyasi “Shox-ruh” shaxmat-shashka klubida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Qizg‘in kurashga boy o‘tgan bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra sportning “Shashka” turi bo‘yicha 3-o‘rin bilan Norin tumani IIB xodimi, 2-o‘rin bilan Chortoq tumani IIB, faxrli 1-o‘rin bilan esa Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB xodimi taqdirlandi.

«Shaxmat» musobaqasida 3-o‘rin Yangiqo‘rg‘on tumani IIB xodimiga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rin bilan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB xodimi taqdirlandi. 1-o‘rinni esa Namangan tumani IIB xodimi qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar viloyat IIB rahbariyati tomonidan diplom, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Kasbiy tayyorgarlik bo‘limi tomonidan “Maʼnaviyat va maʼrifat” oyligi doirasida yana bir qator sport musobaqalari va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech