Shantajchi jinoyat ustida qo‘lga tushdi
2023-yil 13-iyul kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 2008-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz ariza bilan murojaat qilib, shu tumanda yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan tanishi arizachining pornografik fotosuratlarini “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, 1.000.000 so‘m pul talab qilayotganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Shu yil 14-iyul kuni tumani IIB JQB tezkor vakillari va EKG eksperti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, arizada nomi keltirilgan shaxs arizachidan Uchqo‘rg‘on tumani Navbahor mahallasi hududida 750.000 so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati