Seyfni tunab ketgan shaxs qo‘lga olindi.
Joriy yil 6 noyabr' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 5 noyabr' kuni soat 12:00 dan soat 12:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, yashash uyiga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, mehmonxonada bo‘lgan temir seyfidan 4.600 AQSh dollari va 800.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Kosonsoy tuman IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati