17 Iyul 2021 yil 352

Seyfdagi pullarni o‘margan kimsa ushlandi.

Joriy yil 11 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:15 larda, yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, ochiq qolgan eshigi orqali kirib, xonadonidagi kiyim javoniga o‘rnatilgan temir seyfni kalit tanlash yo‘li bilan ochib, seyfida bo‘lgan 1.500 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, shu tumanda yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va tegishli ko‘rgazmalar olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech