10 Mart 2021 yil 399

Seyfdagi 500 AQSh dollarini o‘g‘irlagan shaxs fosh etildi.

Joriy yil 3 mart kuni, Pop tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 6 fevral' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash uyida bo‘lgan temir seyf ichidan 500 AQSh dollarini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Pop tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, shu kuni yashash uyiga mehmonga kelgan tanishi, Toshkent viloyatida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech