SAYYOR QABULLAR: MAQSADLAR MUSHTARAK BO‘LDI.
Namangan viloyatining Chortoq tumanida viloyat IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik O.Ataxo‘jaev tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda tumandagi 3-sektor hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar, aholining turli qatlam vakillari hamda yoshlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘tkazilib, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi. Sayyor qabulda shuningdek, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tuman hokimligi, tuman Ichki ishlar bo‘limi rahbarlari va daxldor idora vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda 150 nafar ishtirokchi jam bo‘lishib, turli mazmundagi 9 ta murojaatlar, hal bo‘lishi qiynab kelayotgan muammolar tinglandi va aksariyatini o‘z o‘rnida bartaraf etilishiga erishildi. Murojaatlardan 4 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 3tasi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Qolgan 2 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi. Sayyor qabulda fuqarolar faqatgina muammoli murojaatlar bilan cheklanib qolmay, o‘z hududlarida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida ham samimiy fikrlarini bildirishdi. Tadbir yakunida 16 yoshga to‘lgan 4 nafar yoshlarga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi. Boshqarma boshlig‘ining sayyor qabullari davom etmoqda.
Nazira OLIMJONOVA, Namangan viloyati IIB YHXBning Axborot xizmati inspektori