Savdo rastasidan telefon va pullar o‘g‘irlandi.
2022 yil 1 mart kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:30 larda, Namangan shahrida joylashgan ayollar do‘konida savdo qilayotgan vaqtida, uning e'tiborsizligidan foydalangan noma'lum shaxs, savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirgan sumkasi va ichida bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik “Artel-T10” rusumli uyali telefon apparati, 200 AQSh dollari va 1.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan viloyati IIB JQB kichik tezkor vakillari va Milliy Gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 2 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati