24 Fevral 2021 yil 398

Savdo do‘konini tunab ketganlarning shaxsi aniqlandi.

Joriy yil 22 fevral' kuni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 22 fevral' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, mahallasida joylashgan oziq-ovqat savdo do‘koniga devorini buzib kirib, umumiy narxi 2.363.000 so‘mlik oziq-ovqat va parfyumeriya mahsulotlarini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan viloyati xududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Uchqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 fevral' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech