Savdo do‘koniga tushgan o‘g‘ri qo‘lga olindi.
2021 yil 13 avgust kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 01:05 larda noma'lum shaxs, Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan savdo do‘konining eshigini buzib kirib, u yerda bo‘lgan 800.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakili va HPMB TP profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati