22 Sentyabr 2021 yil 335

Savdo do‘konidan oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi.

2021 yil 20 sentyabr' kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Uychi tumanida joylashgan savdo do‘konidan umumiy narxi 3.000.000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Uychi tuman IIB HPMB profilaktika inspektorlari va viloyat IIB TEQKB TChXTB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uychi tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan va Uchqurg‘on tumanida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 21 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech