20 Sentyabr 2022 yil 515

Savdo do‘konidan o‘g‘irlangan mahsulotlar ekspert kriminalist tomonidan aniqlangan barmoq izi yordamida topildi.

2022 yil 14 sentyabr kuni Namangan shahar Obod MFY yashovchi, xususiy tadbirkor, ariza bilan murojaat qilgan. Ariza muallifi 12 sentyabr kunidan 14 sentyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, Namangan shahar Yakkatut MFY Uychi ko‘chasida joylashgan savdo do‘kon eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, umumiy narxi 15.000.000 so‘mlik har-xil turdagi kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Namangan shahar IIO FMB EKB katta eksperti tomonidan voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida, olingan 4 dona qo‘l barmoq izlari shahar IIO FMB EKBda mavjud bo‘lgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimida tekshirilganida, ushbu qo‘l barmoq izlaridan 3 donasi, Uychi tumani Obod MFYda yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan hamda Davlatobod tumanida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxslarning barmoqlariga mos kelganligi aniqlangan. Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslar qonuniy tartibda ushlandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech