Savdo do‘koni tunab ketildi.
2021 yil 4 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 4 iyul' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan o‘ziga tegishli qurilish materiallari savdo do‘koniga eshik qulfini buzib kirib, do‘konda bo‘lgan umumiy narxi 10.000.000 so‘mlik ikki dona mantiqozon, ikki dona gaz plita, kabellar va elektr jihozlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati