Savdo do‘koni qulfini buzgan shaxs pul va buyumlarni o‘g‘irlab ketdi
2021 yil 24 noyabr kuni, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 22 noyabr' kuni soat 12:00 dan soat 21:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, yashash xonadoni oldida joylashgan savdo do‘koni eshigi qulfini buzib kirib, do‘kon ichida bo‘lgan 3.000.000 so‘m pul va umumiy narxi 800.000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangi Namangan tuman IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, JQB katta tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 noyabr kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati